Gresiya poytaxti Afinada keksa yoshli shaxs ikkita alohida hujum uyushtirishi oqibatida besh kishi tan jarohati oldi. 89 yoshli gumonlanuvchi dastlab ijtimoiy ta’minot agentligi (EFKA) bo‘limida ov miltig‘idan o‘t ochib, bir xodimni yaralagan. Shundan so‘ng u taksida sud binosiga borib, yana bir necha bor o‘q uzgan va to‘rt nafar ayol xodimni yengil jarohatlagan.
Hujumchi voqea joyida miltig‘ini va gazetalarga atalgan maktublarini qoldirib, piyoda qochib ketgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi mahalliy farrosh bo‘lib chiqqan, hozirda uni qidirish ishlari davom etmoqda. Hujum sabablari hozircha ma’lum emas.