Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Afg‘oniston qo‘shni davlatlar uchun tahdid solmaydi – “Tolibon”

Afg‘oniston qo‘shni davlatlar uchun tahdid solmaydi – “Tolibon”



Afg‘oniston qo‘shni mamlakatlarga tahdid solmaydi va mintaqada yangrayotgan bayonotlar asosan asossiz. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.

U shu tariqa ilgariroq tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun qurol va texnika yetkazib berishni kelishib olish haqida gapirgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) bosh kotibi Taalatbek Masadikovning so‘zlariga javob qaytardi.

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat chegaralarini to‘liq nazorat qilmoqda va uning butun hududida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlamoqda.

"Biz doimo eshitib kelayotgan bu xavotirlar asossizdir. Ehtimol, Afg‘onistonga dushmanona munosabatda bo‘lgan ba’zi mamlakatlarning razvedka tuzilmalari Afg‘oniston va uning qo‘shnilari o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarish maqsadida ushbu tashkilotni yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan ta’minlayotgandir", — dedi u KXSHTni nazarda tutib.

Kiritildi: 19:31 31.08.2026. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!