Afg‘oniston Pokistonga qarshi harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu qaror Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaning iltimosiga binoan qabul qilingan.
Tolibon hukumati vakili Zabihulloh Mujohidning bildirishicha, vaqtinchalik tanaffus Iyd al-Fitr bayrami arafasida joriy etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora “adolatsizlikka qarshi kurash” doirasida amalga oshirilayotgan mudofaa operasiyalarini qisqa muddatga to‘xtatishni nazarda tutadi.