Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afg‘oniston: oxirgi 4 yilda 28,5 ming harbiy halok bo‘ldi

Afg‘oniston: oxirgi 4 yilda 28,5 ming harbiy halok bo‘ldi

Afg‘onistonda oxirgi to‘rt yilda 28,5 mingdan ziyod harbiy xizmatchi hukumatga qarshi guruhlar bilan to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani ma’lum qildi, deya xabar bermoqda 1TV-news.

Prezidentning aytishicha, 2014 yilda NATOning asosiy qo‘shinlari olib chiqilganidan keyin afg‘on harbiylari orasida qurbonlar soni keskin osha boshlagan. U 2001-2014 yillarda aynan NATO harbiylari Afg‘onistonda xavfsizlikni asrashda asosiy rol o‘ynaganini ta’kidladi. 

Ayni paytda Afg‘onistonda NATOning 16 ming harbiy xizmatchisi bor, ularning asosiy vazifasi mahalliy harbiylarni shug‘ullantirish va quruqlikda cheklangan maxsus operasiyalarni amalga oshirishdir. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:01 14.11.2018. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!