Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Aeroflot" va Nordwind Kubaga parvozlarni to‘xtatmoqda

"Aeroflot" va Nordwind Kubaga parvozlarni to‘xtatmoqda

Bunga AQSh prezidentining farmonidan keyin yuzaga kelgan yonilg‘i inqirozi sabab bo‘lmoqda

Rosaviasiya matbuot xizmati xabar berishicha, cheklovlar orolda yuzaga kelgan yonilg‘i taqchilligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu AQShning Kubaga neft yetkazib beruvchi davlatlarga nisbatan boj joriy etishi ortidan paydo bo‘lgan.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda "Rossiya" aviakompaniyasi bir qator reyslarni faqat teskari yo‘nalishda, Gavana va Varaderodan Moskvaga, amalga oshiradi. Bu Kubada bo‘lib turgan rossiyalik sayyohlarni olib chiqish uchun zarur hisoblanadi. Shundan so‘ng parvozlar vaziyat o‘zgargunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.

Kubadagi yonilg‘i bilan ta’minlash muammolari yuzaga kelishi haqida mamlakat rasmiylari xalqaro aviakompaniyalarni 9 fevraldayoq ogohlantirgan. Ma’lum qilinishicha, kamida 10 fevraldan 11 martgacha samolyotlar mamlakatning to‘qqizta aeroportida, jumladan Gavanadagi Xose Marti nomidagi xalqaro aeroportda qo‘shimcha yonilg‘i quya olishmaydi.

Yonilg‘i yetishmovchiligi 29 yanvar kuni Tramp imzolagan farmondan so‘ng keskinlashdi. Hujjatda favqulodda holat joriy etilishi hamda Kubaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita neft yetkazib berayotgan davlatlarga nisbatan qo‘shimcha savdo bojlari qo‘llash mumkinligi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!