Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov "Siti" safida ilk sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin

Abduqodir Husanov "Siti" safida ilk sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin

"Manchester Siti" bugun, 22 mart sanasida Angliya Liga kubogi finalida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan 21:30'da start oladigan bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.

Ushbu bahsda "shaharliklar" sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov o‘zining Angliyadagi dastlabki sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.

22 yoshli hamyurtimiz 2025 yil yanvarida 40 million yevro evaziga "Lans"dan xarid qilingandi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Shu vaqtgacha Husanov ingliz grandi safida jami 38 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.

Kiritildi: Bugun 12:18. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!