Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayevning futboldagi kumiri kim?

Abbosbek Fayzullayevning futboldagi kumiri kim?

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev yoshligidagi kumiri kimligini aytib o‘tdi.

“Bolaligimdan “Barselona” va Messining o‘yinlarini tomosha qilib kelaman, menga Leoning maydonni ko‘ra olishi va raqiblarini aldab o‘tishi yoqardi. Messi mening futboldagi kumirim. Menda Messi, Ronaldu va Fernando Torresning liboslari bor. Lekin har doim Yevropaning top-jamoalarida o‘z familiyam tushirilgan libosda o‘ynashni xohlayman. Kimgadir o‘xshashni istamayman.

Har doim top-futbolchilardan nimadir o‘rganishda davom etaman”, — deydi Fayzullayev.

Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:30 08.07.2024. O'qildi: 1987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!