Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

A Seriya. «Yuventus» so‘nggi daqiqalarda «Milan»dan ochko tortib oldi

A Seriya. «Yuventus» so‘nggi daqiqalarda «Milan»dan ochko tortib oldi

«Yuventus» Italiya A Seriyasining 3-turida o‘z maydonida «Milan» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda hisob 68-daqiqada ochildi. «Milan»ning 19 yoshli yarim himoyachisi Alfadjo Sisse jamoasini oldinga olib chiqdi.

«Yuventus» esa bahsning 90+2-daqiqasida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Federiko Gatti hisobni tenglashtirdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Milan» 7 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega «Yuventus» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha milanliklardan ortda qolib, beshinchi pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda «Milan» 12 sentyabr kuni Rimda «Lasio»ga qarshi maydonga tushadi. «Yuventus» esa 13 sentyabr kuni o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 07:10 07.09.2026. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!