Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

847,3 milliard dollar: Kongress rekord darajadagi mudofaa byudjetini tasdiqladi

847,3 milliard dollar: Kongress rekord darajadagi mudofaa byudjetini tasdiqladi

AQSh Kongressi Senati 2023 yilgi mudofaa byudjetini kelishib oldi. Uning miqdori rekord darajadagi 847,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Byudjetda Ukrainaga 800 million dollar miqdoridagi harbiy yordam ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, byudjet loyihasida Rossiya bilan harbiy hamkorlikni taqiqlash muddati besh yilga uzaytiriladi. Hujjat tasdiqlangach, imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuboriladi.

2022-moliya yili uchun AQSh mudofaa byudjeti 778 milliard dollarni tashkil etgan edi.

Ukrainadagi urush fonida mudofaa xarajatlari ortib bormoqda.

Rossiya 2023 yil uchun mudofaa byudjeti 84 milliard dollar bo‘lishini e’lon qildi, bu 2021 yildagiga qaraganda 40 foizga ko‘proq.

Noyabr oyi boshida Ukraina parlamenti 38 milliard dollarlik rekord darajadagi mudofaa byudjetini tasdiqlagan edi.

Fransiya mudofaa byudjeti 3 milliard yevroga oshib, 43,9 milliard yevroga yetdi. Bu deyarli 15 yil ichidagi eng katta o‘sish bo‘ldi.

Germaniya Bundesverni modernizasiya qilish uchun 100 milliard yevro miqdorida maxsus fond yaratdi. Jamg‘arma besh yil davomida sarflanadi.

Kiritildi: 12:57 08.12.2022. O'qildi: 1776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!