Mil.avv. 52 yil— Parij shahriga asos solingan;
1497 yil— Vasko da Gama boshchiligida Yevropadan Hindistonga birinchi dengiz ekspedisiyasi Lissabondan suzib ketgan;
1573 yil —fransuz katoliklari va gugenotlar o‘rtasidagi 4 yillik urush yakunlangan;
1654 yil —AQShga ilk yahudiy Yakov Barsimson kelgan;
1709 yil — Shimoliy urushda eng yirik Poltava jangi bo‘lib o‘tgan;
1777 yil— Vermont qullikni bekor qilgan birinchi davlat bo‘lgan;
1796 yil— AQSh Davlat departamenti birinchi marta AQSh fuqarosi pasportini chiqargan;
1853 yil— Yaponiya yil oxirigacha Amerika bilan savdo aloqalarini o‘rnatishini talab qilgan amerikalik komandor Metyu Perri Tokio ko‘rfaziga yetib kelgan;
1901 yil—Fransiyada avtomobillar uchun tezlik cheklanib, soatiga 10 kmni qilib belgilangan;
1916 yil —Turkiston va dasht mintaqalari aholisini front ortidagi majburiy mehnatga safarbar etish to‘g‘risida farmon e’lon qilingach, Samarqand va boshqa shaharlarda, shuningdek, qozoqlar orasida ommaviy qo‘zg‘olonlar avj olgan;
1920 yil — Sharqiy Afrikadagi ingliz mustamlakasi nomi Keniya deb o‘zgartirilgan;
1922 yil—dunyoda birinchi marta sobiq Xodinskoye aerodromida qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun aviasiyadan foydalanish bo‘yicha tajribalar o‘tkazilgan;
1944 yil — SSSRda Qahramon ona unvoni joriy etilgan;
1958 yil—urushdan keyin birinchi marotaba nemis vertolyoti o‘zining ilk parvozini amalga oshirgan;
1969 yil — Vyetnam urushi: AQSh qo‘shinlarini Janubiy Vyetnamdan olib chiqish boshlangan va uch yarim yil o‘tib tugagan;
1972 yil — AQSh prezidenti Nikson SSSR 3 yil ichida 750 million dollarlik Amerika donini sotib olishini e’lon qilgan;
1992 yil— O‘zFA qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi innovasiya tijorat markazi tashkil etilgan.