AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qilishicha, 70 dan ortiq neft tankeri Eron portlariga kira olmayapti yoki ulardan chiqib keta olmayapti.
Qo‘mondonlik bayonotiga ko‘ra, bloklangan 73 ta kema jami 166 million barreldan ortiq Eron neftini tashish quvvatiga ega bo‘lib, uning taxminiy qiymati 13 milliard dollardan oshadi.
Shuningdek, 50 dan ortiq kemaning yo‘nalishi o‘zgartirilgani qayd etilgan.