Yunusobod tumani hokimining qarori bekor qilindi.
Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.
Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi. Qurilish ishlari to‘xtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning o‘rnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti. Ushbu ishlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan.
5 kunda poytaxtda yana qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishidan xabardor bo‘lishni istasangiz, saytimizni kuzatib boring!
Manba: O‘zA