Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“48 soatga yo‘qolib qol”: ogoh bo‘ling, yangi xavfli o‘yin tarqaldi

“48 soatga yo‘qolib qol”: ogoh bo‘ling, yangi xavfli o‘yin tarqaldi

Bishkek maktablarida ota-onalar o‘smirlar uchun internetda tarqalayotgan yangi o‘yin haqida ogohlantirilmoqda. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Yangi o‘yin 48 soatga yo‘qolib qol (Ischezni na 48 chasov) deb nomlanadi. Uning qoidasiga ko‘ra, ishtirokchi o‘z telefonini o‘chirib, ota-onalar qidiruvga berishi uchun ikki kunga yo‘qolib qolishi kerak. Internetda yoki OAVlarda ishtirokchi yo‘qolishi haqida xabar paydo bo‘lsa unga ball beriladi.

Bishkek meriyasi ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Saule Meyrmanovaning so‘zlariga ko‘ra, butun shahar bo‘ylab bolalar va ota-onalar xavfli o‘yin haqida ogohlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ota-onalar farzandlariga ko‘proq e’tibor berishlari kerak. Ular bilan suhbatlashib, mobil telefonlarni tekshirishlari zarur. Bu o‘yin Ko‘k kit o‘yinini eslatadi. Biz Bishkekning barcha maktablarda yig‘ilishlar o‘tkazilib, ota-onalar ogohlantirildi , - dedi Meyrmanova.

Ushbu o‘yin tarqalishi haqida ma’lumotni Bishkek shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida ham tasdiqlashdi. So‘nggi vaqtlarda o‘smirlar yo‘qolishi holatlari ko‘paydi. Ayrimlar bir ikki kundan so‘ng topilmoqda.

Kiritildi: 15:41 27.02.2019. O'qildi: 5766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!