Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

41 nafar yoshlarga «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni topshirildi

41 nafar yoshlarga «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni topshirildi

Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishonini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi.

Marosimda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari va faollari, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at va jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi hamda kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan, ilmiy-ijodiy faoliyati orqali yuksak natijalarga erishayotgan 41 nafar yoshlarga sohalarning faxrli vakillari tomonidan «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni topshirildi.

«O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sohiblarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov qutladi. Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi boshqarma raisi – Shavkat Javlonov, Respublika Xalq ta’lim vazirligi vaziri – Sherzod Shermatov, Respublika Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – Ozodbek Nazarbekovlar «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda o‘z egalariga topshirdilar.

«Rossiya yoshlar ittifoqi» Umumrossiya jamoat tashkiloti raisi o‘rinbosari Tatyana Seliverstova, «Hi China» dunyo yoshlarini rivojlantirish forumi ijrochi prezidenti Lyu Silarning alohida faoliyati ham mazkur mukofotga munosib deb topildi.

Xabar.uz

Kiritildi: 14:06 06.12.2018. O'qildi: 1954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!