Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

37-o‘lim: Toshkentda 86 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

37-o‘lim: Toshkentda 86 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Chilonzor tumanida yashovchi Z.R. 19 iyun kuni qon bosimi yuqoriligi, nutqi o‘zgarishi, qo‘l va oyoqlardagi kuchsizlik sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. 

27 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli ushbu markazning reanimasiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Unga insult, bosh miya shishi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o‘tkir yurak va  nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. 

Koronavirusga chalingan ushbu bemor (ayol) 20 yildan ortiq vaqt mobaynida gipertoniya kasalligi bilan og‘rib kelgan.

Markaz mutaxassislari tomonidan qator konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilib, davolashning doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Kiritildi: 23:33 06.07.2020. O'qildi: 2980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!