Bugun 21 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

300 mingdan ortiq ziyoratchi Makkadan chiqarib yuborildi

300 mingdan ortiq ziyoratchi Makkadan chiqarib yuborildi

Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari kelasi hafta boshlanadigan haj ziyorati oldidan Makkadan ro‘yxatdan o‘tmagan 300 mingdan ortiq ziyoratchini chiqarib yubordi. Bu haqda Saudia Press Agency xabar berdi, deb yozmoda Daryo.uz nashri.

So‘nggi kunlarda muqaddas shahardan chiqarib yuborilganlar orasida haj uchun zarur bo‘lgan vizalar o‘rniga turistik vizalar bilan kelgan 153 998 nafar xorijlik bor. Qirollik Saudiyada istiqomat qiluvchi, lekin Makkada istiqomat qilmaydigan va hajga ruxsatnomaga ega bo‘lmagan yana 171 587 kishini qo‘lga olgan.

Bundan tashqari, 140 ta soxta haj kampaniyasi, haj tartibini buzgan 64 ta yo‘lovchi tashuvchi va 97 664 ta qoidabuzarlik sodir etgan avtomashinalar chiqarib yuborilgan. Yashash, ishlash va chegara xavfsizligi qoidalarini buzgan 6105 nafar shaxs ushlangan.

Makka ma’muriyatiga ko‘ra, 8 iyungacha Saudiya Arabistoniga ro‘yxatdan o‘tgan 1,3 milliondan ortiq ziyoratchilar kelgan, 2023 yilda jami 1,8 million musulmon haj ziyoratini ado etgan.

Kiritildi: 23:40 09.06.2024. O'qildi: 17351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!