Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

29 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

29 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiyaga soddalashtirilgan tartibda ishga jo‘natish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovlardan o‘tgan dastlabki guruh – 29 nafar o‘zbekistonlik Toshkent Moskva yo‘nalishidagi aviareysi orqali “PIK-Industriya” qurilish kompaniyasida ishlash uchun jo‘nab ketdi.

Pilot loyihasi doirasida ishga yuborilayotgan fuqarolarga Rossiyada ishlash ruxsatnomasi, ya’ni patentni rasmiylashtirishda talab etiladigan hujjatlar, tibbiy ko‘rik, barmoq izlarini olish Rossiya ish beruvchilari mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 15:05 12.11.2021. O'qildi: 2442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!