Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

276 kun ichida Isroilning G‘azodagi hujumi qurbonlari soni 38 193 nafarga yetdi

276 kun ichida Isroilning G‘azodagi hujumi qurbonlari soni 38 193 nafarga yetdi

Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, 2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida Isroilning davom etgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 38 ming 193 nafarga yetdi.

So‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlarida uchta qirg‘in sodir etib, 40 nafar falastinlikni o‘ldirdi. Bundan tashqari, yana 75 kishi jarohatlangan, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktabrdan beri davom etgan hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 38 193 nafarga, yaradorlar esa 87 903 nafarga yetdi.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti, deya qo‘shimcha qildi departament.

Kiritildi: 16:46 08.07.2024. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!