Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

26 yoshli millionerga yordamchi kerak: maosh oyiga 52 ming dollar

26 yoshli millionerga yordamchi kerak: maosh oyiga 52 ming dollar

Sidneylik 26 yoshli millioner Metyu Lepre o‘ziga yordamchi olishga qaror qildi.

Yordamchi millioner bilan birga sayohat qilib, uning biznes ishlarida yordam berishi kerak. Buning uchun nafaqat yiliga 52 ming dollar maosh oladi, balki boshqa ko‘plab imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Metyu turli mamlakatlarda qanday qilib boyish haqida seminarlar o‘tkazish va 4 ta onlayn-magazini orqali oyiga 120 ming dollar ishlab topadi. Uning yordamchisi kompyuterni yaxshi bilishi va ijtimoiy tarmoqlarda omadli faoliyat yurita olishi darkor. Shuningdek, tashkilotchi, faol va, albatta, xushchaqchaq bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, xorijga chiqish uchun maxsus pasporti ham bo‘lishi kerak.

Millionerning so‘zlariga ko‘ra, yordamchiga qo‘yiladigan talablar va u nima bilan shug‘ullanishini uning Yutube dagi kanali orqali ham bilish mumkin. Kanalida Metyu o‘z hayoti haqida ham gapirib o‘tgan, deb yozadi Daily Mail .

Kiritildi: 16:29 21.03.2019. O'qildi: 5824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!