Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

256 yil umr ko‘rgan xitoylikning siri nimada?

256 yil umr ko‘rgan xitoylikning siri nimada?

Amerikaning New York Times nashri arxividan 1928 yilda eng uzoq umr ko‘rgan xitoylikdan olingan eksklyuziv intervyu topildi, deb xabar qiladi Sputnik Armaniston.

Xitoy fuqarosi, 1677 yilda Sichuan qishlog‘ida tug‘ilganini ta’kidlagan. U butun umrini dorivor o‘simliklarni o‘rganish va tibbiyotga bag‘ishlagan. Erkak 1933 yilda 256 yoshida vafot etgan.

Afsonalarga ko‘ra, erkak o‘z o‘limi oldidan: Men bu dunyoda zimmamga yuklatilgan barcha ishlarni bajardim. Endi uyimga ketyapman , degan so‘zlarni aytgan.

Shunday qilib, Amerika nashri jurnalistlari 1928 yilda Xitoyda eng ko‘p yashagan erkakdan intervyu olishgan. Erkak uzoq yashash siri: go‘sht yemaslik, ichki muvozanat va hotirjamlik ekanini ta’kidlagan. Sinyun, asosan, guruch va turli o‘simliklardan tayyorlangan choy bilan oziqlangan.

Shuni ta’kidlash joizki, erkakning qarindoshlari, eslarini tanibdilarki, uni qari holatda ko‘rishlarini tan olgan bo‘lsalar, yana ba’zi birlari, Sinyun ularning buvalari bilan tanish bo‘lganini ta’kidlashgan.

Tarixchilar bu insonning mavjudligi haqidagi faktni inkor etmaydilar.

Misol uchun, 1930 yilda Chendu universitetining professori bo‘lgan Vu Cheng-Sze 1827 yilda Xitoy hukumati tomonidan yo‘llangan tabrik otkritkalarini topgan.

Murojaatnomada, Li Sinyunni 150 yoshi bilan tabriklashlari haqida gapirilgan. Oradan yana 50 yil o‘tgach, Sinyunni 200-yillik yubileyi bilan tabriklashgan. Bu esa, xitoylik erkak haqiqatan ham 1677 yilda tug‘ilganini tasdiqlaydi.

Kiritildi: 16:19 19.02.2019. O'qildi: 3632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!