Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Amerika orzusi: $24 ming evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Amerika orzusi: $24 ming evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar SH.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilib, har biridan 12 000 AQSh dollaridan jami 24 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:02 05.07.2024. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!