Fransiyada 2025 yilda tabiiy ofatlardan yetkazilgan zarar 5,2 milliard yevroga baholangan.
Fransiya sug‘urtachilari assosiasiyasi France Assureurs xabar berishicha, mamlakatdagi zararlarning katta qismi do‘l tufayli yuzaga kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, do‘l umumiy zararning 43 foizini tashkil etgan. Bunday yog‘ingarchilik 2025 yilda jami 105 kunda qayd etilgan.
Bundan tashqari, Nils va Pedro bo‘ronlaridan yetkazilgan zarar 1,1 milliard yevroga baholanmoqda.