Fransiya terma jamoasi 2018 yilgi mundial g‘olibiga aylandi. Muhimi, bu chempionlik yosh avlod bilan qo‘lga kiritildi va ana shu tarkib 2022 yilgi jahon chempionatiga ancha kuchaygan, tajriba to‘plagan holda yetib boradi. Xo‘sh, 2022 yilda Fransiya terma jamoasining asosiy tarkibi qanday bo‘ladi?
