Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

2020 yildan aholining soatiga eng kamida qancha pul topishi belgilandi

2020 yildan aholining soatiga eng kamida qancha pul topishi belgilandi

Janubiy Koreyada 2020 yil uchun eng kam ish haqi miqdori 2.9 foizga oshirildi. Ayni kunga kelib eng kam ish haqi miqdori soatiga 8350 vondan 8590 von (7.3 AQSh dollari)ga oshirilgan. Bu to‘g‘rida "human.uz" xabar bermoqda.

Koreya Respublikasida 1988 yildan boshlab eng kam ish haqi miqdori belgilab kelinmoqda. 2020 yil uchun belgilangan eng kam ish haqi oshirilish miqdoriga ko‘ra mamlakat tarixida eng past foizga oshirilgan ish haqilardan biri hisoblanadi. Misol uchun, 2018 yil uchun eng kam ish haqi 16.4 foizga, 2019 yil uchun 10.9 foizga oshirilgan edi. Hukumatning oylik ish haqilari bo‘yicha navbatdagi qarori ayni paytda Janubiy Koreyadagi kichik biznes korxonalarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi 2 yilda eng kam ish haqi miqdorining keskin oshirilishi ularning yelkalariga katta bosim yuklagan edi. Jumladan, ko‘pchilik kichik biznes sub’ektlari yuqori maosh tufayli ishchilari sonini kamaytirishga majbur bo‘lishgan, shuningdek hukumat ularni muayyan miqdordagi xodimlarga ega bo‘lishga majburlamoqda edi. Amaldagi hukumat eng kam ish haqi miqdorini 2022 yilga qadar 10 ming vonga ko‘tarishni reja qilgan. Ekspertlarning fikricha. o‘sish bu zaylda davom etsa, hukumat ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaydi.

Kiritildi: 11:44 15.07.2019. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!