Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

2020 yilda Xitoyda tug‘lishlar soni 15 foizga kamaydi

2020 yilda Xitoyda tug‘lishlar soni 15 foizga kamaydi

Xitoyda 2020 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 2019 yilga nisbatan 15 foizga kamaydi, deya xabar berdi Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi.

Koronavirus pandemiyasi mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazishi bilan birga yoshlarning oila qurishdan oldin o‘ylab ko‘rishlariga ham sabab bo‘lmoqda.

Xitoyda 2020 yili 10 035 millionta chaqaloq dunyoga kelgan. Bu mamlakatda 2019 yilda 11.79 million kishi tug‘ilgandi. O‘tgan yili tug‘ilganlarning 52,7 foizi o‘g‘il bolalar va 47,3 foizi qizlardir.

So‘nggi yillarda Xitoydagi ko‘plab juftliklar sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-joy narxining ko‘tarilishi sababli farzand ko‘rishni xohlamay qolmoqda. Xitoyda uzoq yillar davom etgan «bitta oilaga bitta bola» siyosati 2016 yilda bekor qilingandi. Ammo, shunga qaramay, bu holat mamlakatda tug‘ilish darajasining o‘sishiga katta turtki bermadi.

O‘tgan yili COVID-19 sabab yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘ilishlar sonini yanada kamayishiga olib keldi.Xitoy dunyodagi eng ko‘p aholiga ega mamlakat hisoblansada (1 milliard 393 million), bu yerdagi aholining katta qismi qariyalardan iborat. Ayni paytda Xitoyda odamlarning 250 milliontasi 60 yoshdan oshganlar bo‘lib,bu mamlakat jami aholisining beshdan birini tashkil qiladi.

Kiritildi: 14:53 09.02.2021. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!