Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

2018 yilning eng yaxshi filmi e’lon qilindi

A A A
2018 yilning eng yaxshi filmi e’lon qilindi

AQSh kinotanqidchilar milliy kengashi 2018 yilning eng yaxshi filmini e’lon qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.

Kengash versiyasiga ko‘ra, eng yaxshi kartinaga rejissyor Piter Farrellining «Yashil kitob» komediyali biografik dramasi aylandi. «Bu ajoyib do‘stlikka iliq va samimiy nigoh», - deya qayd etib o‘tdi kengash prezidenti Enni Shulxof.

Shuningdek, boshqa nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Yilning eng yaxshi rejissyoriga Bredli Kuper («Yulduz tug‘ildi» filmi) aylandi. Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen bo‘ldi («Yashil kitob»), eng yaxshi aktrisa - Ledi Gaga («Yulduz tug‘ildi»).

Taqdirlash marosimi 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:30 28.11.2018. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik