Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

2017—2019 yillarda kino sohasida 17 milliard so‘mlik mablag‘ noto‘g‘ri sarflangan

A A A
2017—2019 yillarda kino sohasida 17 milliard so‘mlik mablag‘ noto‘g‘ri sarflangan

"O‘zbekkino" Milliy agentligining xabar berishicha Moliya vazirligi huzuridagi Nazorat taftish bosh boshqarmasi tekshiruviga ko‘ra sohada 17 milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari noto‘g‘ri sarflangan. Hozirda ishni Bosh prokuratura o‘rganmoqda.

O‘z o‘rnida O‘zbekkino kino sohasida korrupsiya holatlarini cheklash bo‘yicha ishlaydigan Jamoatchilik kengashini tashkil etgan. Kengash korrupsiyaga qarshi kurash dasturini qabul qilganligi aytiladi.

"“O‘zbekkino” MA ajratilayotgan mablag‘larning yuqori byudjetli murakkab kinofilmlarni yaratish uchun bir doiradagi kompaniyalar va rejissyorlar o‘rtasida taqsimlanishi kabi uzoq yillar davom etgan zararli amaliyotga  qarshi. Bunday yondashuv kinoijodkorlar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan endilikda aksariyat kinoloyihalarning ssenariy buyurtmalari ijodiy raqobat asosida tanlab olinadi" - deyiladi agentlik bayonotida.

Shuningdek, bayonotda ko‘plab ma’lumotlar bor. So‘nggi paytlar tarmoqda tarqalgan munozaralari mavzularga munosabat bildirilgan. Xususan ijodkorlar o‘rtasidagi ayrim norozilik va kelishmovchiliklar "Yangicha va eskicha yondashuvlar o‘rtasidagi kurash" deya atalgan.

Kiritildi: 18:09 25.08.2020. O'qildi: 2427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!