Erni 20 va 21 mart kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplashi kutilmoqda. Bunday kunlarda hatto sog‘lom odamlar holatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu haqda “Meteoagent” xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ketma-ket K-indeksida 5 balli magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu mart oyidagi so‘nggi kuchli magnit bo‘ronlari ekani aytilmoqda. Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.