Anoreksiya (tana vaznining katta qismi yo‘qotilishi) tufayli og‘irligi atigi 17 kilogramm bo‘lgan barnaullik 26 yoshli Kristina Koryagina birinchi marotaba shifokor nazorati ostida ovqatlana oldi. Bundan oldin qizning organizmi faqat suv va sharbatlarni qabul qilgan, xolos.
"U birinchi marta ovqatlandi, men hech qachon bunday baxtni boshdan kechirmagandim, birovning ovqatlanishini bunday zavq bilan kuzatmagandim. O‘ylaymanki, bu ovqat uning tuzalayotganligining ramzi bo‘lib qoladi", deb yozadi blogger Mariya Koxno Instagram sahifasida.
Kristina Koryaginaning ta’kidlashicha, u to‘qqiz yoshligidayoq vaznini yo‘qotishni bo‘shlagan. 11 sinfda ayni imtihonlarga tayyorgarlik jarayonining qizg‘in paytida uning salomatligi yanada yomonlashgan. Hozirda 26 yosh bo‘lgan bu qiz yuristlik diplomiga ega. Ammo xastalik uni ishlash kabi baxtdan chetlatib kelmoqda.