Kanadada COVID-19 qurbonlari soni sutka davomida sezilarli ravishda oshdi, deb yozmoqda «Regnum».
Xabarga ko‘ra, Kanadada koronavirus infeksiyasini yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 12 foizga oshib, bir kunda 1506 nafarga yetdi. Bir kun ilgari qurbon bo‘lganlar soni 1346 nafarni tashkil etgandi.
Oxirgi 24 soatda Kanadada koronavirusni yuqtirish holatlari oshdi va jami 33 922 taga yetdi.