Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

13 yoshdan kichiklarga instagramda ro‘yxatdan o‘tish taqiqlandi

13 yoshdan kichiklarga instagramda ro‘yxatdan o‘tish taqiqlandi

Instagram tarmoqdan ro‘yxatdan o‘tayotgan yangi foydalanuvchilardan yoshini so‘ray boshladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, yoshi haqidagi ma’lumotni so‘rash «ijtimoiy tarmoqda bolalarning ro‘yxatdan o‘tishini oldini olish va yoshlar xavfsizligini ta’minlash»ga yordam beradi.

Yangi tartibga ko‘ra, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 13 yoshdan oshgan foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Instagram moderatorlari 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarning akkauntlarini o‘chirish huquqiga ega.

Foydalanuvchilarning yoshini boshqa foydalanuvchilar ko‘ra olmaydi, akkaunt egasigina ushbu ma’lumotni ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Bir necha yirik ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook, Twitter, Snapchat va TikTok 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ro‘yxatdan o‘tishiga taqiq qo‘ygan.

Kiritildi: 16:14 05.12.2019. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!