Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

13 yillik kutishdan so‘ng, GTA 6 rasman chiqdi

13 yillik kutishdan so‘ng, GTA 6 rasman chiqdi

Yangi Zelandiya aholisi o‘yinga birinchi bo‘lib kirish imkoniga ega bo‘ldi, chunki u yerda allaqachon 19-noyabr sanasi boshlangan. Mish-mishlarga ko‘ra, o‘yinni ishlab chiqish rekord darajadagi 2 milliard dollarga tushgan.

Ayni damda 1,6 milliondan ortiq kishi Twitch platformasida o‘yin bo‘yicha ilk translyasiyalarni kuzatmoqda. Dastlabki sharhlarda o‘yinga 100 balldan 99 ball berildi.

Dastlab GTA 6 2026 yil 26 mayda chiqarilishi rejalashtirilgan edi, biroq Rockstar uni noyabr oyiga qoldirdi. Kompaniya buni ishlab chiqishni yakunlash uchun qo‘shimcha vaqt zarurligi bilan izohladi.

Kiritildi: 20:25 18.11.2026. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik