Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

12 yoshli qiz farzand dunyoga keltirib uni tan olmadi

12 yoshli qiz farzand dunyoga keltirib uni tan olmadi

Ukrainaning Rovno shahridan bo‘lgan 12 yoshli qiz o‘z farzandini dunyoga keltirgandan keyin uni tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bolalar ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Andrey Mishchenning aytishiga qaraganda yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘ida muammolar bor. Hozirda chaqaloqqa yordam ko‘rsatilmoqda. Keyinchalik bola yetimxonaga topshiriladi.

Bola onasi yashayotgan hududdagi yetimxonaga yuborilishi mumkin

"Bolaning onasi Zakarpatiya viloyatida yashaydi, shuning uchun bolani o‘sha yerda joylashgan yetimxonalardan biriga o‘tkazish uchun muhokama ketyapti", deydi Rovno shahri perinatal markazi bosh vrachning o‘rinbosari Galina Kovaleva.

Bolaning onasi ukrainchani tushunmaydi

Ta’kidlanishicha, qiz ro‘yxatdan o‘tish joyida ko‘rinmagan. Qizning oilasi aslida axlatxonada yashaydi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qiz na ukrain, na rus tilini tushunmagan.

togri.uz

Kiritildi: 13:41 10.10.2019. O'qildi: 4576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!