Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

12 farzandi ustidan chidab bo‘lmas harakatlarni sodir etgan ota-ona bir umrga qamaldi

12 farzandi ustidan chidab bo‘lmas harakatlarni sodir etgan ota-ona bir umrga qamaldi

AQShda o‘z farzandlarini haqorat qilgan va kurakda turmas ishlarni amalga oshirgan juftlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

19 aprel kuni Riversayd okrugi Oliy sudi Devid i Luiza Terpinni ustidan hukm o‘qidi. Er-xotin endi qaolgan umrini qamoqxonada o‘tkazadi.

Polisiyaning aniqlashicha, juftlik muntazam ravishda 12 nafar farzandini kaltaklagan, ochlikda qoldirgan, bu ham yetmagandek, eng dahshati, ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklarni ham sodir etishgan.

Ota-ona bolalariga yiliga bir marta dush qabul qilishlariga ruxsat berishgan. Polisiya ularni topganida bolalarning sillasi qurigan va och bo‘lishgan.

Ammo sud jarayonida bolalarning onasi ularni juda yaxshi ko‘rganligini va ularga zarar bermaganligini aytgan.

Kiritildi: 06:06 21.04.2019. O'qildi: 4699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!