Keksa ayol Szyan Yuesin kechgacha seriallar ko‘radi, ertalab soat 10 gacha uxlaydi, to‘shakda yotgan holda chips, yong‘oq va boshqa sneklarni iste’mol qiladi. U hayotni qat’iy jadval asosida yashamaydi.
Natijada esa, u o‘zini juda ham yaxshi his qiladi, uy ishlari va ovqat tayyorlashga ham kuchi yetadi. Uning 7 nafar farzandi bor va kampirning barcha tishlari joyida.
Yuesinning aytishicha, uzoq umrning asosiy siri — hayotdan xavotirni olib tashlash, natija ortidan quvmaslik va har kuni bir piyola yashil choy ichishdir.