Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

1 yanvardan to‘y-hashamlar to‘g‘risidagi qaror kuchga kirdi

1 yanvardan to‘y-hashamlar to‘g‘risidagi qaror kuchga kirdi

2020 yil 1 yanvardan boshlab, to‘y-hashamlarni tartibga solish haqidagi Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori (yuridik jihatdan kuchi qonunga teng) kuchga kirdi, deb yozadi bloger Xushnud Xuyodberdiyev.

Unga ko‘ra, tartib quyidagicha:

  • To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi;
  • soat 23:00 dan keyin to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi;
  • qo‘shaloq to‘ylarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin;
  • dafn etish va motam marosimlari ko‘pi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno;
  • to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qiladi;
  • to‘y kortejlarida 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinadan foydalanish taqiqlanadi;
  • to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu
  • ma’ruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi; milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab
  • qiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni («kelin navkari», «chorlar», «ota ko‘rdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish», «pul sochish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni («etti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • to‘yxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq shaxs ishtirokida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs hamda to‘yxona, kafe va restoran rahbari o‘rtasida shartnoma tuziladi;
  • to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.
  • to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kiritildi: 10:47 02.01.2020. O'qildi: 5037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!