Bugun 29 mart, 2020 yil, yakshanba

КИР

1 sutkada 2 milliondan ortiq niqob ishlab chiqarilmoqda

1 sutkada 2 milliondan ortiq niqob ishlab chiqarilmoqda

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bir kunda 2 milliondan ortiq yuz niqobi ishlab chiqarilayotganini ma’lum qildi.

Kun.uzʼga ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi xavfi paydo bo‘lgunga qadar, O‘zbekiston hududida tibbiy niqob ishlab chiqaruvchi 15 ga yaqin korxona faoliyat yuritib kelgan. Ayni paytda ushbu ko‘rsatkich 50 tadan oshdi.

«Uyushma tarkibidagi gigant to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalari yuz niqoblarini ishlab chiqarishga moslashtirilmoqda. Ularning ishlab chiqarish quvvati bozor talabini bemalol qondiradi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovning aytishicha, niqob ishlab chiqarish va sotish faoliyati qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.

«Niqoblar ilgari tibbiy buyum hisobida bo‘lgani tufayli ularni realizasiya qilish soliq ob’ekti hisoblanmagan. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, tibbiy niqoblar faqat apteka emas, boshqa savdo shoxobchalarida ham sotilmoqda. Endilikda niqoblar narxi oshib ketmasligi uchun, ularning QQSdan ozod etilgani saqlab qolindi», - deya ma’lumot berdi u.

Kiritildi: 14:10 26.03.2020. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!