Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

1 sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oy 100 foizgacha ustama to‘lanadi

1 sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oy 100 foizgacha ustama to‘lanadi

Bu 22 iyun kuni qabul qilingan Prezident farmonida ko‘zda tutilgan. Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1-centyabrgacha:

🔹 ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.

🔷 Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:
➖ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;
➖o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

Kiritildi: 19:57 27.06.2024. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!