Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

1 apreldan So‘x tumaniga Rishton orqali o‘tiladigan yo‘l ochiladi

1 apreldan So‘x tumaniga Rishton orqali o‘tiladigan yo‘l ochiladi

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegasiyalarining 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari davomida bir qator og‘ir chegaraviy masalalar yechimini topganini aytib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 apreldan Rishton tumani orqali So‘x tumaniga olib boradigan yo‘l ochiladi. Natijada, avval 80 km yo‘l bosib borish kerak bo‘lgan hududga yangi yo‘l orqali 19 km masofa bilan yetib boriladi. 

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, So‘x tumaniga qatnash uchun odamlar tashishga mo‘ljallangan mikroavtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, So‘xga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlab berishni O‘zbekiston tomoni o‘z zimmasiga olgan.

Kiritildi: 11:57 29.03.2021. O'qildi: 2497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!