Ozarbayjonda 1 apreldan boshlab elektron sigaretlarning muomalasi va ulardan foydalanishni butunlay taqiqlovchi yirik qonunchilik o‘zgarishlari kuchga kirdi.
O‘tgan yil oxirida qabul qilingan "Tamaki va tamaki mahsulotlari to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakatda elektron sigaretalar va ularning tarkibiy qismlarini import qilish, eksport qilish, ishlab chiqarish, shuningdek, ulgurji va chakana savdo qilish rasman taqiqlangan. Ushbu choralar nikotin saqlagan mahsulotlar ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirishga qaratilgan.
Yangilangan qonunchilikda nikotin saqlagan mahsulotlar endi tamaki mahsulotlariga tenglashtirilgan. Ya’ni, ularga "Tamaki iste’molini cheklash to‘g‘risida"gi qonunning barcha talablari qo‘llaniladi.
Endi elektron sigaretlardan ta’lim va tibbiyot muassasalarida, umumiy ovqatlanish korxonalarida, savdo markazlarida, kinoteatrlarda, parklarda, o‘yin maydonchalarida, shuningdek, jamoat transportida, metroda, liftlarda va turar-joy binolarining kirish joylarida foydalanish taqiqlangan.
Elektron sigaretlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish yoki sotish uchun quyidagi tartibda va miqdorlarda jarima belgilangan:
Bundan tashqari, noqonuniy mahsulotlar majburiy ravishda musodara etiladi.