Meduza va Mediazona nashrlari Ukraina bilan urushda 47 mingga yaqin Rossiya fuqarosi halok bo‘lganini e’lon qildi.
Jurnalistlar ekspert Dmitriy Kobak bilan birgalikda meros ishlari reestri va Rosstat ma’lumotlarini o‘rganishdi, bu esa 2022-yildan beri yigitlar o‘limi keskin oshganini ko‘rsatdi.
BBC rus xizmati va Mediazona halok bo‘lganlar sonini hisoblamoqda. 2023-yil 7-iyul holatiga ko‘ra, 27,4 ming kishi ism-shariflari belgilangan. Haqiqiy yo‘qotishlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Rossiya hukumati kamdan-kam hollarda yo‘qotishlar haqida xabar beradi; 2022-yil sentyabr oyida mudofaa vaziri Sergey Shoygu 5,9 ming kishi halok bo‘lganini aytdi.