Eron MAGATEni Isroil hujumlaridan so‘ng yadro dasturini amalga oshirish bo‘yicha harakatlari haqida xabardor qilmaydi.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy ma’lum qildi.
"Bundan buyon yadroviy materiallar va uskunalarni himoya qilish bo‘yicha yangi va maxsus choralar haqida Xalqaro Atom energiyasi agentligiga xabar berilmaydi. Eron endi avvalgidek MAGATE bilan hamkorlik qila olmaydi", — dedi rasmiy Eron televideniyesi orqali.