Isroil vazirlar mahkamasi Eronning raketa hujumiga javob choralarini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Bu haqda Isroil rasmiysi CNN telekanaliga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eronga qarshi “keyingi hujumlar to‘lqini”ni yanada kengaytiradi.
Shu bilan birga, telekanal amerikalik mulozimga tayanib, AQSh harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlari Isroilga uchirilgan Eron raketalari va uchuvchisiz uchoqlarini tutib olish uchun safarbar etilganini xabar qildi.
Ynet portalining ta’kidlashicha, ayni paytda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Kas vaziyatni baholamoqda. Muhokamada bir qancha vazirlar va mudofaa vazirligi rahbarlari ham ishtirok etmoqda.
Nashr ta’kidlaganidek, Tel-Aviv Tehronning zarbalariga “keyinchalik kuchayishi” bilan javob beradi.