Isroil mudofaa kuchlari Eron tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi.
Bu haqda armiya matbuot xizmatining "Telegram"dagi xabarida aytilgan.
"Biz yaqinda Erondan Isroil davlati hududi tomon raketalar uchirilganini aniqladik. Mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish ustida ishlamoqda", - deyiladi bayonotda.
Harbiylar fuqarolarni boshpanalarda panoh topishga va “keyingi xabarga qadar u yerda qolishga” chaqirdi.