EI Kengashi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan so‘ng Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomini olgan 4,2 milliondan ortiq ukrainalik uchun boshpana dasturini uzaytirishga kelishib olinganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mazkur dastur 2027 yil 4 martgacha uzaytirilgan.
"Ukrainalik qochqinlar Yevropa Ittifoqining butun hududida avvalgidek teng huquqlardan foydalanishda davom etadilar", deyiladi YEI Kengashi bayonotida.