Isroil xavfsizlik xizmatlari vakilining "Fox News"ga bildirishicha, maxsus choralar orqali ular Eron qo‘mondonlari haqida ko‘proq ma’lumot to‘plab, bu ma’lumotlar asosida ularning harakatini boshqarishga muvaffaq bo‘lishgan.
Manbada quyidagicha yoziladi:
«Biz ular haqida ko‘proq bilish uchun muayyan tadbirlar o‘tkazdik va keyin bu ma’lumotdan ularning harakatlariga ta’sir o‘tkazish uchun foydalandik. Biz ularni uchrashishga majbur qilishini bilardik — va eng muhimi, ularni shu yerda ushlab turishni ham bilib oldik».
U shundan tashqari, Isroil Tehron Isroilga qarshi qo‘llashni rejalashtirayotgan PVO tizimlari va ballistik raketalarni muvaffaqiyatli yo‘q qilganini ta’kidladi.