Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Kamp Nou" stadionining ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

"Kamp Nou" stadionining ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" shu yil oxirida "Kamp Nou"ga qaytadi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 15 dekabr kuni yangilangan stadionda ilk o‘yinini o‘tkazishadi. Arena dastlab faqat 60% gacha to‘ldirish quvvatiga ega bo‘ladi. Rekonstruksiyadan so‘ng "Kamp Nou"ning umumiy sig‘imi 105 ming kishini tashkil qilishi kutilmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati yangilangan arenadagi ilk o‘yin sanasini klubning 125 yilligiga – 29 noyabrga to‘g‘ri kelishini istashdi. Ammo oxir-oqibat shoshilmaslikka qaror qilindi.

Kiritildi: 21:22 19.04.2024. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!