O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 10 dekabr kuni AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSh Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jan-Iv le Drian Amerika prezidenti Donald Trampni Fransiyaning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian AQSh prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki siyosatiga aralashmaslikni so‘radi, deb xabar qilmoqda Russia today.
Donald Tramp Fransiyadagi inqirozni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish va odamlarga kelishuv doirasida to‘lanayotgan pullarni qaytarish orqali bartaraf qilish mumkinligini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida mamlakatning sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni befahm va yalqov deb atadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Xizer Nauertni AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlashga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Vashingtondagi kafedral soborda katta Jorj Bush bilan vidolashish marosimi vaqtida Donald Tramp Barak Obama va uning rafiqasining qo‘lini siqdi, biroq Klintonlar oilasiga e’tibor ham bermadi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Tramp u bilan muzokaralar o‘tkazishga bir necha bor uringani, biroq u rad javobini berganini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga «nimani istasa, shuni muhayyo qilishini» va’da qildi. Bu haqda Yonhap nashri xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning 41-prezidenti Jorj Gerbert Uoker Bushning vafot etgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Argentina ommaviy axborot vositalari Rossiya va AQSh prezidentlarining limuzinlarini muhokama qilishmoqda. Vladimir Putin va Donald Tramp limuzinlarini o‘zlari bilan birga G20 sammiti o‘tayotgan Buenos-Ayresga olib kelishgan.
AQSh prezidenti Donald Trampning The Trump Organization kompaniyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moskvada qurilishi rejalashtirilgan «Tramp-Tauer» binosidan pentxaus (binoning eng yuqori qavatida joylashgan koshonasifat xonadon) sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan.