Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva o‘g‘il farzandli bo‘lganliklari haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasidan so‘ng Yangi yil bayrami maydoniga tashrif buyurib, odamlar bilan suhbatlashdi va bolalarga sovg‘alar berdi.
Karimov fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilda tushgan suratini e’lon qildi.
28 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi.
Hukumat parlament oldidagi mas’uliyatini yetarlicha his qilayotgani yo‘q. Chunki parlament faqat bosh vazirni tasdiqlaydi, lekin vazirlarni tayinlash, tasdiqlashga aloqasi yo‘q.
Renovasiya dasturi — eskirib qolgan uylar o‘rniga eng zamonaviy uylar qurish loyihasini ishga tushirish kerak. Toshkentda ham kanalizasiyasi yo‘q uylar bor. Ularni buzib, o‘rniga yangi uylar quriladi. Odamlar kindik qoni to‘kilgan joydan ko‘chirilmaydi. Olti oyda 9—11 qavatlik uylar qurishni o‘rganib oldik. Eski uylari buzilgan odamlarga barcha sharoitlari bor uylar beriladi, — deydi Prezident.
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasida o‘zbek milliy nonushtasi standarti taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Podrobno.uz».
Toshkentning Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida jiddiy yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
26 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi X.M., birga yashovchi qarindoshi H.YU. va qo‘shnisi A.A.lar mast holda Iqtidor ko‘chasidan o‘tuvchi temir yo‘l kesishmasi oldida hech bir sababsiz fuqaro J.YA.ga pichoq bilan hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan otasi H.YA.ning yuz qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona konsert dasturlari tuhfa etilmoqda.
Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hovlisidagi olma daraxtlari Yangi yil bayrami arafasida meva soldi. Bu haqda ma’daniyat arbobi Tursunali Qo‘ziyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
MIB qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar aholi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan o‘tgan oydan keyingi oyning 10 sanasidan kechikmay quyidagi yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanishini ma’lum qiladi: