Bir oz avval ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali o‘zini Termiz tumani hokimiyat binosida yoqib yuborgan Surxondaryolik erkakning prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan videomurojaati tarqalgandi. Bu haqda saytimiz orqali ham xabar bergan edik.
Surxondaryolik erkakning Termiz hokimiyati binosi oldida o‘zini yoqib yuborganligi holati hamon qizg‘in muhokamalar ostida.
2019 yil 27 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida noma’lum shaxs Sharq Yulduzi mahallasi Qorasuv qishlog‘ida yashovchi T.B.ning uyi eshigini buzib kirib, xonasidan 4 700 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
2019 yilning 1 mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi S.D. o‘z uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i F.X.(ismli ayol)ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
25 fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani hokimiyati binosi yaqinida o‘ziga o‘t qo‘ygan erkak savdo peshtaxtasi buzilgani va hokimiyatdan o‘rniga yer maydoni ajratilmagani uchun bu ishga qo‘l urganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Alanga oqibatida tan jarohati olgan B.E. Termiz tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Uchqizil shahrida 24 fevral yakshanba kuni bir erkak Termiz tumani hokimiyati binosi yonida o‘ziga o‘t qo‘ygan.
Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Milliy gvardiyachimiz" deganlar o‘g‘limni kaltakladi, IIB xodimlari tomoshabin bo‘lib turdi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqolaga Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oydinlik kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.
I.Xolto‘rayev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) muqaddam bir necha marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etib, jazo o‘tayotganiga qaramasdan, yana tekin boylik ortirishni ko‘zlaydi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvchi 1974 yilda hamda 1987 yilda tug‘ilgan aka-uka Ilhom va Erkin To‘rayevlar 2011 yil Rossiya davlatiga ishlash uchun boradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryolik ayol o‘g‘lini kaltaklaganlar ustidan qilgan shikoyati muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi. IIV bunga oydinlik kiritib, rasmiy munosabat bildirdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan, Z.J.ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.